Koronavirus O‘zbekistonga berilgan tarixiy Osiyo chempionati rejalarini ham o‘zgartirib yuborishi mumkin

  • 22.04.2020 08:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘FA Media bo‘limi “Savol yo‘llang!” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida tashkilot birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar yo‘llagan savollarning eng saralariga javob berdi.

– Yaqin orada yurtimizda o‘tkaziladigan yirik futbol turnirlari haqida ma’lumot bera olasizmi? (elbek7187)

– O‘zbek futboli tarixida birinchi bor U-19 Osiyo chempionati bizning yurtimizga ishonib topshirildi. OFK rejasi bo‘yicha turnir oktyabr oyida boshlanishi kerak. Biroq, butun dunyo pandemiya holatiga duch kelgani sababli ko‘plab yirik turnirlarning sanalari o‘zgarib ketmoqda. Shu sababli ham qit’a chempionati borasida OFK tomonidan chiqariladigan qarorni kutib qolamiz. Umid qilamizki, tez fursatda insoniyat bu baloni engib o‘tadi va O‘zbekistondagi Osiyo chempionati belgilangan muddatda boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!