
Kosta "Chelsi" bilan sudlashmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Diego Kosta “aristokratlar” bilan sudlashmoqchi. Aytish kerakki, futbolchi va klub o‘rtasidagi nizo allaqachon huquqiy masalaga aylanib ulgurgan. Biroq, bu ish bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar oshkor etilmayapti.
Ispaniyalik futbolchining agenti Rikardo Kardosoning xabar berishicha o‘tgan haftada uning mijozi va “Chelsi” rahbariyati o‘rtasida jiddiy ziddiyat kelib chiqqan va shu sabab Kosta endi bu jamoada boshqa o‘ynamoqchi emas. Shuningdek advokat futbolchi bilan birga barcha kerakli huquqiy mexanizmlarni ishga solib, bo‘lib o‘tgan ishlarda “Chelsi”ni aybdor qilishmoqchi.
Fikrlar