Koutino safga qaytdi

  • 23.05.2019 09:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi vingeri Filippe Koutino jarohatidan sog‘ayib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 26 yoshli braziliyalik futbolchi 12 may kuni “Xetafe”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u 25 may kuni “Valensiya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi finalida ishtirok eta oladi.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum La Ligada jami 34ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!