
Kovachich terma jamoa safida yubiley uchrashuvda maydonga tushdi
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mateo Kovachich Evro-2020 saralash bosqichining 1-turida Ozarbayjon (2:1)ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.
Mazkur bellashuvda Mateo Kovachich asosiy tarkibda maydonga tushdi va 73-daqiqada o‘z o‘rnini Nikola Vlashichga bo‘shatib berdi. E’tiborlisi shundaki, Kovachich Ozarbayjonga qarshi o‘yini uning terma jamoa safidagi yubiley 50 uchrashuviga aylandi.
Fikrlar