Krishtianu Ronaldu bayonot bilan chiqdi

  • 18 avgust, 2021, 01:41
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning Yuventus klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu transferi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Tecno

“Meni yaxshi biladiganlar ishimga qanchalik sinchkovlik bilan yondoshishimdan xabardor. Kamroq gap, ko‘proq ish - bu faoliyatim boshidan beri shiorim bo‘lib keladi. Biroq, so‘nggi paytlarda gapirilgan va yozilganlardan kelib chiqib, o‘z pozitsiyamni qayd etib o‘tmoqchiman. Menga ham inson, ham futbolchi sifatidagi hurmatsizlikdan ham yomon holat bor. Ya’ni, kelajagimning engiltaklik bilan yoritilishi o‘sha tilga olinayotgan klublar, undagi ishchilar va o‘yinchilariga nisbatan kattaroq hurmatsizlikdir.

Mening "Real"dagi tarixim yozib bo‘lingan. So‘zlarda, raqamlarda, video-yozuvlarda va sarlavhalarda qayd etilgan. Bular "Bernabeu" muzeyida va klubning har bir muxlisi qalbida saqlanadi. Erishganlarimdan tashqari, shu 9 yil davomida "Real"ga nisbatan qattiq mehr va hurmat his etganman. Bu tuyg‘ularni hozirgacha saqlab kelaman va qadrlayman. Bilamanki, Madrid muxlislari ham doim mening siymoyimni yuraklarida saqlashadi. Men esa ularni.

Ispaniya voqeasidan tashqari boshqa ligalar klublari bilan bog‘liq yangilik va hikoyalar paydo bo‘ldi. Hech kim xaqiqatni aniqlashtirishni o‘ylamadi. Men odamlarni nomim atrofidagi ishlardan tiyilishga chaqirib, jimlikni buzyapman. Men faoliyatim va ishimga diqqatimni qaratib, bunga o‘zimni bag‘ishlab, yo‘limda chiqqan sinovlarni engishda davom etaman. Qolganichi? Qolgani shunchaki gap-so‘z”.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda uning "Real" Madridga o‘tishi  borasidagi mish-mishlar urchib ketgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
18/08/2021 23:39
Яша Роналду... Омад сенга...