
Krishtianu Ronaldu PSJga o‘tishi mumkin. Mendesh bu borada parijliklar bilan suhbatlashib oldi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni tark etishi mumkin.
Foot Mercato nashirining ma’lum qilishicha, 35 yoshli futbolchi kelajagi borasida qayg‘urmoqda va o‘z agenti Jorje Mendeshdan boshqa jamoalarning vakillari bilan uchrashuv tashkil etishni so‘ragan.
Ronaldu Turin klubidan ketmoqchi va uni PSJ varianti qiziqtirmoqda. Bundan tashqari, Mendeshning parijliklar sport direktori Leonardo bilan aloqalari yaxshi.
Manbaning ta’kidlashicha, bu masalada Mendesh va Leonardo o‘zaro suhbatlashib olgan. Ular ChLning qolgan bahslari bo‘lib o‘tadigan Lissabon shahrida uchrashuv tashkil etishlari kutilmoqda.
Fikrlar