Kubarsi Chempionlar ligasida noxush rekord qayd etdi

  • 6 mart, 06:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi 21-asrda Chempionlar Ligasi o‘yinlarida maydondan chetlatilgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ispan futbolchisi 1/8 final bosqichining "Benfika"ga qarshi dastlabki uchrashuvida 22-daqiqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Ushbu holat yuz berganida Kubarsiga 18 yosh 42 kun bo‘lgan.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, turnir tarixida eng yosh futbolchi sifatida qizil kartochka olgan futbolchi nigeriyalik Selestin Babayaro hisoblanadi.

1994 yilda "Anderlext" sharafini himoya qilgan Babayaro 16 yosh 86 kunligida maydondan chetlatilgan.

Shunga qaramay, "Barselona" mehmonda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvi 11 mart kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!