Kubarsi faoliyatining oxirigacha "Barselona"da qolmoqchi

  • 02.11.2024 16:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning 17 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi butun faoliyatini Kataloniya klubida o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.

- Garchi Puyolning o‘yinini ko‘p kuzatmagan bo‘lsam-da, u ham Pike kabi men uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Umid qilamanki, ular singari butun faoliyatimni "Barsa"da o‘tkaza olaman, - dedi iqtidorli yosh himoyachi.

Ma’lumot uchun, Kubarsi joriy mavsum La Ligada umumiy 11 ta bellashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!