Kubo: Balki Yaponiyada ham dam olish kuni e’lon qilinishi kerakdir

  • 24.11.2022 02:12
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaponiya – Germaniya uchrashuvidan so‘ng butun futbol olamida yana bir sensatsiya sodir bo‘ldi. Bu Argentina – Saudiya Arabistoni o‘yinidan keyin kuzatilgan yana bir drama edi. Yaponlar nemislarni mag‘lubiyaga uchratib, guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. O‘yindan so‘ng Takefusi Kubo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz Saudiyaliklarni Argentina ustidan qozongan g‘alabisini ko‘rdik va bu bizni ruhlantirdi. Ular uchun hursandmiz. Men ushbu davlatda dam olish kuni e’lon qilinganini eshitdim, balki bizda ham shunday bo‘lishi kerakdir" – dedi 21 yoshli vinger.

Yaponiyani oldinda Ispaniya va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi bahslar kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!