
Kuchli beshlik chempionatlaridan birida jamoalar soni qisqartiriladi
Frantsiya professional futbol ligasi 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab, Liga 1 tarkibidagi jamoalar sonini kamaytirmoqchi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, chempionatda 20 ta emas 18 ta jamoa ishtirok etadi. Ma’lum bo‘lishicha, 2022/23 yilgi mavsumdan so‘ng, Liga 1ni to‘rtta klub tark etadi va faqat ikkita klub yuqori divizionga ko‘tariladi.
Ushbu qarorni chempionat klublarining yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatladi. Ular hatto ushbu qisqartirishni oldinroq amalga oshirishni ham taklif qilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror 3 iyun payshanba kuni rasman e’lon qilinishi mumkin.
O‘tgan mavsum Liga 1 da "Lill" PSJning gegemonligiga chek qo‘ydi va chempionlikni tantana qildi.
Fikrlar