
Kulibali Afrika Millatlar kubogi finalida Senegalga yordam berolmaydi
Xabaringiz bor kecha Senegal terma jamoasi Afrika Millatlar kubogi yarim finalida Tunis terma jamoasini 1:0 hisobida engdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Afsuski, senegalliklar hal qiluvchi bahsda o‘zlarining asosiy himoyachisi Kalidu Kulibalining xizmatlariga tayana olishmaydi. Boisi, “Napoli” futbolchisi kechagi uchrashuvda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi va diskvalifikatsiya sabab finalni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Senegal hamda Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar