
"Kulishni bas qiling! Ishlaymiz!" Pochettino PSJda ilk mashg‘ulotlarni olib bordi
Maurisio Pochettino PSJ ustozi sifatida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Le Parisien ma’lum qilishicha, argentinalik mutaxassis futbolchilarni chetdan kuzatgan va uning o‘g‘li Sebastyano mashg‘ulotlarni boshqarib borgan.
Pochettino ilk kundanoq, futbolchilarni ishlashga undagan: "Kulishni bas qiling! Ishlaymiz!"
Shu qatorda, u yugurish mashqlarini tugatgan futbolchilarga "tezda charchadingizmi?", degan.
Pochettino Tomas Tuxel o‘rnini egallab, Parij klubi bilan 2022 yilning yoziga qadar amal qiluvchi shartnoma imzoladi. Uning boshchiligidagi birinchi uchrashuv 6 yanvar kuni Frantsiya chempionati doirasida "Sent-Eten"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar