Kulminatsion nuqta – Husanov Saloҳ hisobni ochishga yo‘l qo‘ymagani bo‘ldi

  • 05.04.2026 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogining chorak finalida “Manchester Siti” futbolchilari kuchli raqib – mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul”ni 4:0 hisobida yanchib tashladi.

Uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan Abduqodir Husanov “Liverpul” ustidan qozonilgan yirik g‘alabaning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. O‘zbek himoyachisi raqib to‘purari Muhammad Saloҳsha qarshi hal qiluvchi seyvni amalga oshirdi va to‘qnashuvning eng yaxshi 5 nafar o‘yinchisi qatoriga kirdi.

“Manchester Siti” o‘yinchilari Georgiy Mamardashvili darvozasiga gollar yog‘dirgan uchrashuvda himoya barqarorligi Abduqodir Husanov zimmasiga yuklatildi.

Uning Angliya kubogi chorak finalidagi o‘yini — top-hujumchilarga qarshi qanday o‘ynash kerakligining yaqqol namunasi dir.

Uchrashuvning hal qiluvchi ulminatsion nuqtasi hali hisob 0:0 bo‘lgan paytda sodir bo‘ldi: 14-daqiqada mersisaydliklar to‘purari Muhammad Saloҳ bo‘sh darvozaga zarba berishga tayyor edi, ammo Husanov mahoratli podkat orqali to‘pni olib qo‘ydi va amalda “Liverpul”ni hisobni ochish hamda o‘yin ssenariysini o‘zgartirish imkonidan mahrum qildi.

Ushbu epizod “shaharliklar” uchun burilish nuqtasiga aylandi. O‘zbekistonlik legioner mehmonlar hujumi yetakchisini “yopib qo‘yganidan” so‘ng, ishonch butun jamoaga o‘tdi.

Xoland yana bir xet-trikka erishdi, Semenyo esa hisobni yanada yirik ko‘rinishga keltirdi, ammo aynan Abduqodirning hotirjamligi “Siti”ga tarixiy rekord o‘rnatish — Angliya kubogida uydagi 18-ta ketma-ket g‘alabaga erishish imkonini berdi.

Bu statistik raqamlarda ham aks etdi.

Sofascore tahlilchilari Husanovning o‘yini ni 7.4 ballga baholadi va bu uni maydondagi eng yaxshi besh futbolchi qatoriga kiritdi.

Himoyaviy harakatlar: 10 ta (“Siti” himoya chizig‘idagi eng yaxshi natija );
To‘pni uzoqlashtirishlar: 4 marta;
Blok qilingan zarbalar: 2 ta;
To‘p olib qo‘yishlar: 4 (50% muvaffaqiyat);
Yakkakurashlar: yerdagi 6 ta duel dan 4 tasini yutdi va havoda mutlaq ustunlik qildi (100%).

E’tiborli si, bunday agressiv raqibga qarshi butun o‘yin davomida Husanov atigi bir marta qoida buzdi, shu bilan birga 4 ta muhim to‘pni ilib ketishni amalga oshirdi.

“Manchester Siti” futbolchilarining harakatlarini tahlil qilayotgan aksariyat mutaxassislar Abduqodir Husanov o‘zining ishonchli o‘yini bilan jamoa asosiy tarkibidagi o‘rnini mustahkamlab borayotgan i va muntazam boshlang‘ich tarkibda o‘ynashga loyiq ekanini alohida ta’kidlamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!