Kuman "Barselona"da APL yulduzini kutyapti

  • 24 aprel, 2021, 16:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" yarim himoyachisi Risharlison faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

"Don Balon" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ronald Kuman Martin Breytueyt o‘rniga braziliyalikni olib kelmoqchi.

"Everton" vingerini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Mersisaydliklar 23 yoshli futbolchi transferidan 45 million evro ishlab olmoqchi. 

Joriy mavsum Risharlison 34ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan. Uning "irislar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!