Kuman ishonchni oqlay olmadi. “Barsa” yangi murabbiy kim bo‘lishini aytdi

  • 19.02.2021 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha oy muqaddam “Barselona”ni qabul qilib olgan Ronald Kuman ham Kataloniya klubida uzoq qolib ketmaydigan ko‘rinadi. Jamoa Chempionlar ligasining nimchorak finalida o‘z maydonida PSJga yutqazganidan keyin rahbariyatning niderlandiyalik mutaxassisga ishonchi so‘ndi.

Ayni paytda “Barselona” rahbariyati jamoa boshqaruviga “As-Sadd” jamoasini boshqarayotgan Xavi Ernandesni olib kelishga qaror qilgan.

Xavi “Barselona” afsonasi hisoblanadi. Klubda tarbiyalangan futbolchi 1998-2015 yillar davomida kataloniyaliklar sharafini munosib himoya qilib, ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Futbolchilik faoliyatini “As-Sadd” safida yakunlashi bilan ushbu jamoa bosh murabbiyiga aylangan Xavi qisqa fursat ichida ikkita sovringa ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!