
Kuman “Liverpul” futbolchisini olib kelishni talab qilmoqda
Ronald Kuman “Barselona”ga yangi futbolchilarni tanlashni davom ettirmoqda.
Bu gal niderlandiyalik murabbiy “Liverul”da Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Jorjino Veynaldumni olib kelishni so‘ramoqda. Eng qizig‘i, Kuman olishni istagan to‘rt futbolchidan uchtasi uning hamyurtlaridir. Shu tariqa davom etsa, “Barselona” Niderlandiya terma jamoasiga aylanib qolishi hech gap emas.
Veynaldumning o‘zi esa liverpulliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Vaziyatni kuzatayotgan mutaxassislar Jorjino terma jamoada ustozlik qilgan Kumanning taklifini bajonidil qabul qilishini ta’kidlamoqda.
Demak, ayni paytga kelib, Kuman olib kelishni istayotgan Donni van de Bek, Memfis Depay va angliyalik Maykl Kin qatoriga Jorjino Veynaldum ham qo‘shildi. Hali bu ro‘yxat ancha kengayadi.
Fikrlar