Kuman maqsadiga etolmay qolishi mumkin

  • 11 dekabr, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yozda “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani o‘z jamoasiga olib o‘tmoqchi.

Tecno

Ispaniyalik futbolchi Xosep Gvardiola jamoasi bilan yakunlanayotgan bitimni uzaytirishni istamadi. Yosh himoyachini “Barselona” ustozi Ronald Kuman Kataloniyaga chaqirmoqda. Ular manchesterliklar bilan yozda ham muzokara o‘tkazgan edi va unda tomonlar transfer summasi borasida kelisha olmagan.

Arteta o‘z hamyurtini Angliya chempionatida olib qolishiga ishonmoqda. Agar shartnoma tez orada uzaytirilmasa, Garsiya yanvar oyidan boshlab, boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!