
Kuman muhim ochkolar boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi?
"Barselona" La Liga 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Valensiya"ni qabul qildi va 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Uchrashuv qiyin bo‘ldi. Birinchi bo‘lib hisobni ochganimizga qaramay, to‘liq e’tiborni o‘yinga qarata olmadik. Vaziyatlar yarata olgan paytimizda ulardan foydalanishda nimadir etishmadi. Raqib yaxshi himoyalandi. Ikkinchi bo‘limda g‘alaba uchun harakat qilishni boshladik, ammo imkoniyatlar ko‘p bo‘lmadi.
Bir tekis o‘yin namoyish eta olmadik, kerakli joylarda to‘pni yo‘qotdik. Jamoada biroz tushkunlik paydo bo‘lgandek tuyulmoqda. Bunga qisman ba’zi futbolchilarning yosh ekanligi ham ta’sir ko‘rsatyapti. De Yong kecha mashg‘ulotlarda o‘zini yomon his etdi. Shu sababli, uni dastlabki daqiqalardan maydonga tushira olmasdim. Biroq uning o‘rnini egallagan Buskets ham ishonchni oqlay olmadi".
Fikrlar