
Kuman Neymarni kutyapti
Yaqinda Neymar kelasi mavsum Messi bilan birga o‘ynashi haqida gapirgandi. Braziliyalik futbolchi bu qaysi jamoada sodir bo‘lishi mumkinligini aytmadi. Ko‘pchilik buni Leoning PSJga o‘tishi mumkinligiga ishora, deb qabul qildi. Lekin Neymarning o‘zi ham “Barselona”ga qaytish orzusidan voz kechgani yo‘q.
Ronald Kuman ham Neymarning “Barsa”ga kelishi mumkinligini inkor etmadi.
- Biz klubimizda dunyoning eng zo‘r futbolchilari to‘p tepishini istaymiz. Men ham Neymardek futbolchi safimizda o‘ynashini orzu qilaman, - dedi Kuman.
Shuningdek, bosh murabbiy “Barselona” prezidentligi uchun saylovda kim g‘alaba qozonishining unga farqi yo‘qligini ham alohida ta’kidladi.
Fikrlar