
Kuman super yulduzlarga ko‘z tikdi
Kataloniya klubi murabbiylar shtabi birinchi navbatda hujum chizig‘i, markaz va chap qanot himoyasi uchun futbolchi olish bo‘yicha ish olib bormoqda. Hozirga kelib ayrim nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi.
“Barselona” murabbiylari yangi mavsumda chap qanotni Xose Gayyaga topshirmoqchi. “Valensiya”ning 25 yoshli yulduzi anchadan buyon ispan grandlari nishonida turibdi. Uning transfer summasi 50 million evroga baholangan. Agar bu futbolchini olishning imkoni bo‘lmasa, kataloniyaliklar transferi 25 million evro turadigan Telyafikoga e’tibor qaratadi.
“Barselona” rahbarlari markaziy hujumda “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni ko‘rmoqchi. Biroq, Kumanga o‘z hamyurti Memfis Depay varianti ko‘proq ma’qul kelmoqda.
Ular markaziy himoyachi roliga bir paytlar "Barsa"da tarbiya topib, keyin “Manchester Siti”ga sotib yuborilgan Erik Garsiyani taklif qilmoqda.
Fikrlar