
Kunde “Barsa“ taklifini rad etdi
“Sevilya“ futbolchisi Jyul Kunde “Barselona“ taklifiga rad javobini berdi. U “Chelsi“ safida to‘p tepmoqchi.
“The Express“ nashriga ko‘ra, himoyachi La Ligadan ko‘ra ko‘proq APLda o‘sishga erishish mumkin, deb hisoblayapti. Shu boisdan u “Chelsi“ga o‘tishni xohlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Transfermarkt“ portalida frantsuz 60 million evroga baholangan.
Jyul Kunde joriy mavsum La Liganing 20 o‘yinida o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar