Kunde: "El-klasiko – biz uchun katta motivatsiya"

  • 3 aprel, 14:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde jamoaning "Real"ga qarshi final oldidan kayfiyati haqida fikr bildirdi.

Xabaringiz bor, kataloniyaliklar Ispaniya kibogi yarim finalida "Atletiko"ni ikki uchrashuv natijasi bo‘yicha 5:4 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

"Albatta, 'Real' biz uchun katta motivatsiya manbai. El-Klasiko har doim o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ular xavfli va juda kuchli jamoa. O‘yinda bor kuchini ishga solishadi."

Biroq, Kunde asosiy e’tiborni finalga qaratmasdan, oldingi o‘yinlarga ham jiddiy yondoshish zarurligini ta’kidladi:

"Finalgacha yana bir necha muhim uchrashuvlar bor. Hozircha shularga to‘liq e’tibor qaratmog‘imiz kerak" - dedi frantsiyalik fulbek. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli himoyachi joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida 46 ta bellashuvda maydonda tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!