Kurash – haqiqiy jasorat, halollik va mardlik timsolidir

CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 6 sentyabr – Xalqaro Kurash kuni munosabati bilan o‘ziga xos tadbir tashkil etildi.

Tecno

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida milliy kurash sportini yanada keng yoyish, uning targ‘ibotini kuchaytirish hamda prezidentimizning 2017 yil 2 oktyabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida Kurash fakulteti talabalari va oliygoh hududidagi yoshlar ishtirokida turli ko‘rgazmali chiqishlar, master-klasslar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, universitet rektori M.Boltabaev hamda O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Xosiyat Bobomurodova ham barcha sportchi talabalarni, universitet jamoasini hamda butun o‘zbek xalqini, shu qatorda Kurash fakultetiga qabul qilingan talaba-qizlarni bugungi bayram bilan qutladi va ularga sovg‘alar topshirdi.

photo_2022-09-06_18-31-37

photo_2022-09-06_18-31-36

photo_2022-09-06_18-31-38

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!