Kurash Afrika o‘yinlari – Kongo-2023da

CHERY AUTO

IKA (Xalqaro kurash assotsiatsiyasi) Prezidenti janob Haydar Farmon va Afrika Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi Prezidenti janob Mustafa Berraf o‘rtasida kurashni Afrika yoshlar o‘yinlari Dasturiga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Navbatdagi Afrika o‘yinlari esa 2023 yilning avgust oyida Kongo Respublikasining Brazzavil shahrida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi, texnik direktor Muhammad Rizo Nosiriy mazkur o‘yinlar bilan bog‘liq texnik masalalarni muhokama qilish maqsadida Kongo Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifning dastlabki kunida Kongo Respublikasining Yoshlar va sport, fuqarolik ta’limi vaziri janob Hyuges Ngouelondele bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida kurashning Afrika o‘yinlaridagi ishtiroki, undagi texnik jihatlarga oid ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Vazir tomonidan mamlakatda Kurashni eng ommalashgan sport turlaridan biri ekanligi, muntazam ravishda Kongoda yirik Kurash musobaqalari o‘tkazib kelinayotganligi va hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganligi ma’lum qilindi. Bevosita Kongo Kurash federatsiyasi uchun Kurash Gilami sovg‘a qilinganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusida Kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va Kurash vataniga tashrif buyirish rejalari borligi bildirib o‘tdi.

23-28 noyabr kunlari Hindiston Respublikasida o‘tkazilgan Kurash bo‘yicha Jahon chempionatida -100 kg vaznda ishtirok etgan kongolik kurashchi Ama Modeste Ngambulu bronza medalni qo‘lga kiritishi mamlakatda Kurashga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirganligini e’tirof etdi. Uchrashuvda janob Nassiri kurash haqida, uning dunyo bo‘ylab amalga oshirilayotgan ishlari va Afrika qit’asida kurashning rivojlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv yakunida, vazirga IKA prezidenti Haydar Farmon janoblari tomonidan yuborilgan maxsus sovg‘a topshirildi.

Tashrifning keyingi bosqichida Sport vaziri Afrika o‘yinlari Dasturida kurash bo‘yicha bahslari o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joylarga tashrif uyushtirdi. Sport ob’ektlari IKA texnik direktori Reza Nassiri va Kongo kurash federatsiyasi mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.

Dastlab, “Palais des sport de Kintele” sport majmuasi ko‘zdan kechilildi. Mazkur majmua eng yirik sport ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Majmua hududi basseynlar, tennis kortlar, sport mashg‘ulotlari uchun qo‘shimcha maydonlar, mehmonxonalar va boshqa infrastukturalarga egaligi bilan ajralib turadi. Keyingi manzil "Nicole Oba" sport majmuasi bo‘lib, majmua yaxshi sharoitlarga ega va shaharning markazida joylashgan.

"Nicole Oba" Kurash bo‘yicha ko‘p bora xalqaro musobaqalar, milliy chempionat va qit’a chempionatlariga mezbonlik qilgan. Joriy yilning 15-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Afrika Kurash ittifoqining Xalqaro Kurash haftaligi tadbirlari ham aynan "Nicole Oba" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan edi.

Yakuniy sport majmuasi "Etienne Mongha" bo‘lib, mamlakatning eng yaxshi sport majmualaridan biridir. Unda kamida 4 ta Kurash gilamini sig‘dira oladigan darajada katta va yana uchta qo‘shimcha zalga ega. Mazkur sport ob’ektlari xalqaro standardlarga ega bo‘lib щzida yirik sport tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish imkoniyatiga egadir. IKA texnik direktori Muhammad Rizo Nosiriy tomonidan mas’ullarga qo‘shimcha ravishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan texnik talablar va takliflar bildirildi.

photo_2023-01-02_12-16-46 (2)

photo_2023-01-02_12-16-46

photo_2023-01-02_12-16-45 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!