Kurashchilarimiz jahon chempionatida 30 ta medalni qo‘lga kiritib, birinchi bo‘lishdi

  • 16 oktabr, 2023, 12:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Joriy yilning 13-15 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatida Baxtiyor Turg‘unpo‘latov bosh murabbiyiligidagi to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 21 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchilari orasida 12 oltin, 3 ta kumush va 15 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egallashdi. Demak, vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan jahon chempionlarimiz bilan tanishamiz.
Belbog‘li kurash yo‘nalishi:
57 kg. Jamoliddin Ne’matullaev (Namangan), 62 kg. Asadbek Mamataliev (Namangan), 68 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), 75 kg. Kamronbek Nomozboev (Toshkent v.), 82 kg. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon), 100 kg. Oybekjon Muhammadov (Farg‘ona).
Erkin yo‘nalishi:
57 kg. Asomiddin Zokirjonov (Namangan), 68 kg. Fayozbek Abdug‘afforov (Farg‘ona), 75 kg. Dostonbek Obidjonov (Namangan), 82 kg. Jahongir Nizomiddinov (Namangan), 58 kg. Dildoraxon Isroiljonova (Namangan), +76 kg. Shirinoy Yo‘ldrsheva (Namangan).
Mazkur jahon chempionatida jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovlar ham ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
subhidam@yandex.ru
17/10/2023 09:24
Водий курашчиларига ГАП БУЛИШИ мумкин эмас! Олга ВОДИЙ!!!
Суюнов Шерзод
16/10/2023 14:23
Ўзбекистон 1 - ўринни олди демасдан водий 1- ўринни олди деса ҳам бўларкану