
Kurashchilarimiz Osiyo chempionatida yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
Vetnamda sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin medal:
-80 kg: Bunyod Rufatov
Bronza medal:
-65 kg: Shohiddin Aliev
-71 kg: Farruhbek Jumanazarov
-43 kg: Muxlisa Masharipova
-73 kg: Dilrabo Dullieva
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar