Kurtua "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi
"RealMadrid" darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Printsipial raqibga finalda yutqazish hamisha noqulay. Endi e’tiborni La Liga va Kubok uchun ishga qartsak kerak. Bugungi o‘yinda detallar biz tarafda bo‘lmadi — bu so‘nggi oylarda ko‘p narsa kutilgandek bo‘lmayotgan davr. Biz bu uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashimiz mumkin edi.
Birinchi taymda biz himoyada juda chuqur o‘ynadik, ikkinchi taymda ular biroz pasaydi, bizda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo to‘p darvozaga kirmadi. Birinchi gol urilgan vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ydik. Uchinchi gol esa rikoshet orqali yuz berdi.… Ana shu detallar hammasini hal qiladi. Bizda imkoniyatlar bor edi, ammo barcha zarbalar Joan [Garsiya] qo‘liga tushdi."
Vinisius haqida
"Biz unga ishonamiz va nimaga qodirligini bilamiz. U juda iqtidorlu yigit, ayniqsa uning golini aytar ekanman — u haqiqiy shedevr edi. Shuningdek, jamoa La Ligada, Chempionlar Ligasi va Kubokda kurashishni davom ettirishi kerak", — dedi Kurtua Movistar efirida.



Fikrlar