Kurtua: "Ba’zan jamoa emas, alohida o‘ynayapmiz”

  • 17 aprel, 15:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Tibo Kurtua Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so‘ng "Real" o‘yinini tanqid qildi. Madridliklar 1/4 finalda "Arsenal"ga 0:3 va 1:2 hisoblarida yutqazdi. 
  
— "Arsenal" yaxshi himoya qiladi, bosim qiladi, zaif tomonlarini topish qiyin. Bizda Xoselu kabi tabiiy to‘purar yo‘q, shu bois uzoqdan zarbalar va naveslar qildik. 
  
— Keyingi o‘yinlarda o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak: La Liga, Kubok, klublar o‘rtasidagi JCh... Biz jamoamiz, lekin ba’zan alohida o‘ynayapmiz. Agar Vinisius yoki Kilianni ikki nafar futbolchi qoplasa, bu faqat bir marta ish berishi mumkin. 
  
— Anchelotti? Uning g‘oyalari bizga etib kelmoqda. Hech qanday shubha yo‘q. Biz ularni maydonda amalga oshirishimiz kerak, – deya ta’rif berib o‘tdi belgiyalik posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!