Kurtua terma jamoani tark etdi!

  • 19 iyun, 2023, 17:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasini tark etdi.

Avvalroq Kurtua Kevin de Bryuyne yo‘qligida terma jamoaga o‘zi emas, balki Romelu Lukaku sardor etib tayinlanganidan norozi ekani xabar qilingandi. Bundan tashqari Tibo jamoadagi rotatsiyadan norozi.

"NU" xabariga ko‘ra, “Real” darvozaboni terma jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoning sardorlik bog‘ichi haqidagi so‘zlaridan ta’sirlangan.

“Men Romelu va Tibo bilan gaplashdim. Romelu Avstriya terma jamoasiga qarshi, Tibo esa Estoniyaga qarshi o‘yinda sardorlik qiladi", - dedi Tedesko.

Belgiya Qirollik futbol federatsiyasi Kurtua seshanba kuni Estoniyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligini tasdiqladi. Ammo uning yo‘qligi sababi aytilmagan. Tedesko dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldingi matbuot anjumanida Kurtuaning holati haqidagi savollarga javob berishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!