
Kurtua Zidan bilan qanday munosabatda ekanini aytdi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan o‘zaro munosabatlari qanday ekani haqida gapirib o‘tdi.
“Zidan darvozabonlarni tez-tez almashtirib turadi, bu barchaga ma’lum. Ammo buning munosabatlarimizga aloqasi yo‘q. Ha, biz munosabatlarni mukammal boshlamadik, kichik sovuqchilik ham bo‘lgan. Bularning barchasi avval birga ishlamaganimiz bilan bog‘liq.
Biz o‘tgan yili yozda gaplashib olganmiz va u menga nega ishonchsizlik bildirayotgani sababini tushunib etgan. Hozir murabbiy bilan hammasi joyida. Zidan – ajoyib motivator, uning xotirjamligi o‘ziga ishonch bag‘ishlaydi”, - dedi belgiyalik posbon.
Fikrlar