
Kutilgan va kutilmagan natijalar - Pro ligada 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi
Pro liga 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Bugun yana ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.
O‘z maydonida "Mash’al" jamoasini qabul qilgan "Yangier" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Behruz Sadilloevning 82-daqiqada urgan goli bahs taqdirini hal etib berdi.
Bundan tashqari, "Xorazm" bu turda kutilmaganda 3:0 hisobida "Andijon"dan ustun keldi.
Xorazmliklar safida Shahzod Beshimov dubl qayd etdi. Shuningdek, Sarvar Jumaniyozov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar