Kutilganidek keskin va hujumkor o‘yin yoxud chempion mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 8 avgust, 00:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamma kutgan “Nasaf” hamda “Andijon” o‘rtasidagi o‘yin chindan qiziqarli, hujumkor ruhda kechdi.

Tecno

Qarshida amaldagi chempionga qarshi o‘ynash istalgan jamoa uchun juda murakkab. Lekin shunga qaramasdan “Andijon” ham kuchli raqibga qarshi puxta tayyorlangani uchrashuv davomida ko‘zga tashlandi. Boz ustiga aynan “Burgutlar” uchrashuvda birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Bu safar ham Damir Temirov yana o‘zini ko‘rsatdi. Saidumarxon Saidnurullaevning tezkorlik bilan jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pini Damir Temirov darvoza tomon yo‘lladi. Avvaliga Abduvohid Ne’matov qaytardi, ikkinchi urinishda Temirov baribir o‘z maqsadiga erishdi.

Umuman olganda, o‘yinda ikkita gol urildi va ikkinchi bo‘limda mezbonlar muvozanatni tikladi. “Nasaf” keskin hujumlar uyushtirgan chog‘ida himoyachilar va darvozabon ishonchli harakat qildilar. Shu bilan birga “Andijon” tezkor qarshi hujumlarda raqibni jazolashga ham yaqin edi. Ayniqsa, bahs oxirlarida Muhammadali Usmonovning uzatmasidan keyin Ismail Akinadening bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Shu tariqa, murosasiz o‘tgan bellashuvda ikkala jamoa bir ochkodan ishlab oldi.

“Nasaf” – “Andijon” – 1:1 (0:1).

7 avgust. Qarshi. “Nasaf” stadioni. 12357 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Sanjar Shoyusupov, Avazbek Abdullaev

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Akobir Shukurullaev

AVAR: Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Abdulvosidxon Valixonov

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Umar Eshmurodov, Igor Golban (G‘olib G‘aybullaev, 57), Sherzod Nasrullaev, Murod Rahmatov, Zafarmurod Abdirahmatov (Shuhrat Muhammadiev, 85), Sharof Muhitdinov (Sardor Bahromov, 66), Stefan Cholovich (Adenis Shala, 66), Oybek Bozorov, Dragan Cheran (Suhrob Nurulloev, 85), Xusayn Norchaev.

“Andijon”: Erjan Tokotaev, Sunnatillox Hamidjonov, Shaxzod Azmiddinov, Kristian Novak, Sardor Azimov, Saidumarxon Saidnurullaev (Shoxjahon Yorqinboev, 82), Damir Temirov (Farhod Sohibjonov, 90), Muhammadkarim Toirov, Doniyor Abdumannopov (Islom Mamatkazin, 90), Bektemir Abdumannonov (Muhammadali Usmonov, 82), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Ismail Akinade, 63).  

Gollar: Damir Temirov, 6 – 0:1. Oybek Bozorov, 60 – 1:1.

Ogohlantirishlar: Shaxzod Azmiddinov, 40. Damir Temirov, 64. Muhammadkarim Toirov, 64.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!