Kutilmagan burilish: Husanov jiddiy sinovdan o‘tyapti

  • 26 oktabr, 00:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining to‘qqizinchi turida “Manchester Siti” safarda “Aston Villa” bilan kuch sinashadi. “Shaharliklar” matbuot xizmati jamoaning muhim uchrashuv oldidan so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulot haqida ma’lumot tayyorladi.

Tecno

Quvonarli tomoni, fotohisobotda bir oy davomida maydondan tashqarida yurgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham ko‘rinish berdi.

Sports.uz portali “Manchester Siti” rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotnomani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga haqola etadi.

Xosep Gvardiola va uning shogirdlari City Football Academy bazasida bo‘lajak uchrashuvga kun davomida qizg‘in tayyorgarlik ko‘rdi. Ular Premer-liganing navbatdagi turi doirasida Birmingemda “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda ishtirok etish oldidan mahoratlarini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazib oldi.

Unai Emeri boshqaruvidagi raqib jamoa ham ajoyib sport formasida ekanini alohida ta’kidlash lozim. “Aston Villa” mavsumni qiyin boshlaganiga qaramay, Angliya Premer-ligasining oxirgi uchta turida “Fulxem”, “Bernli” va “Tottenxem” ustidan zafar quchdi. Evropa ligasida Italiyaning “Bolonya”, Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoalarini engdi, uchinchi uchrashuvda esa, Niderlandiyaning yana bir vakili “”Gou Exed Igls” jamoasi maydonida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“Manchester Siti” esa, bo‘lajak bahsga zo‘r kayfiyat bilan tayyorlandi. Chunki jamoa barcha turnirlarda to‘qqiz uchrashuvdan beri yutqazmayapti va shulardan ettitasida raqib ustidan zafar quchgan.

Ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar tarixida ustunlik manchesterliklar tomonida. Jamoa jami 50 ta o‘yindan 31 tasini o‘z foydasiga hal qilgan. Ammo oxirgi ikki mavsumda “Villa Park”dagi o‘yinlarda mezbonlarning qo‘li baland keldi. Jamoamiz bu vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi, - deb yozmoqda “Manchester Siti” rasmiy sayti.

Klub matbuot xizmati mashg‘ulotlar jarayonidan tayyorlagan fotohisobotda Abduqodir Husanov ham ko‘rinish berdi. Bir kun muqaddam Xosep Gvardiola o‘zbek futbolchisining jarohati xavfli ekani uchun uning tiklanishi cho‘zilib ketganini, tez orada mashg‘ulotlarga qaytishini, biroq “Aston Villa”ga qarshi o‘yingacha tiklanib ulgarmasligini aytgandi.

“Manchester Siti” matbuot xizmati xodimlari saytga Husanovning suratini joylab, unga “Kutilmagan burilish: Abduqodir Husanov jiddiy sinovdan o‘tmoqda”, degan izoh biriktirdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli himoyachimiz 21 sentyabr kuni Premer-liga doirasida “Arsenal”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat olgan edi. Avvaliga uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishi aytilgan legionerimizning safga qaytishi ikki marta ortga surildi.

Abduqodir Husanovning jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok eta boshlagani hamyurtimiz tez orada maydonga qaytishi va uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishidan dalolat beradi.

 

Gvardiola Husanovning raqobatchisini ustun qo‘ya boshladi

Husanov haqidagi xushxabarga qanday reaktsiya qildi?

Silva “Manchester Siti”ning eng ishonchli himoyachisi kimligini aytdi

Husanov haqida so‘nggi ma’lumot!

Jarohati jiddiy emasligi aytilgan Husanov nega o‘ynamayapti?
Kannavaro O‘zbekiston termasini boshqarayotganiga e’tiroz bo‘ldi! Fanatlar boshqa fikrda

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!