
Kutilmagan xabar! Allegri "Barselona"ni boshqarishi mumkin
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi "Yuventus"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati tez orada iste’foga chiqarilishi aytilayotgan Ernesto Valverde o‘rniga aynan 51 yoshli italiyalik mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Allegri kecha “Yuventus” bosh murabbiyi lavozimidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi va u ayni damda ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar