Kutilmagan xabar: “Real” La Ligani tark etishga qaror qildi!

  • 14 avgust, 2021, 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, “Real” bir necha haftadan beri La Ligadan chiqish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Qirollik klubi”ning bu qarorga kelishiga  La Liga rahbari Xaver Tebas siyosati sabab bo‘lmoqda.

Ayniqsa, “Real” prezidenti Florentino Peresa Tebasning Evropa Superligasi loyihasiga qarshi chiqqani va La Liganing CVC investitsiya fondi bilan hamkorlikka qo‘l urgani g‘azablantirmoqda.

“Real” mutaxassislari jamoaning Angliya premer-ligasi, Italiya A Seriyasi va Germaniyaning Bundesligasida ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!