Kutilmagan xulosa: Fayzullaev Rossiyadan “surishi” kerak!

  • 19 mart, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yurtiizning eng yorqin iste’dodlarilan Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turniridagi ikkita muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallada Rossiya matbuotida legionerimizning TsSKAdagi  faoliyatiga oid tahliliy maqola chop etildi.

Xususan, football24.ru sayti ekspertlari TsSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich amaldag oshirayotgan o‘zgarishlar “armiyachilar”lar oxirgi ikki mavsumda asosiy etakchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullaevning o‘yiniga qanday ta’sir o‘tkazganini tahlil qildi.

Sports.uz portali ushbu ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Fayzullaev Nikolichga kerak emasmi?

TsSKA 2025 yilga jadal kirishdi. Chempionatning bahorgi qismida jamoada paydo bo‘lgan yangi yulduzlar sekin-asta avvalgi etakchilarni ikkinchi planga sura boshladi. Yaqindagina alishtirib bo‘lmas darajagi o‘yinchi hisoblangan Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasining oxirgi ikki uchrashuvila 42 daqiqa o‘ynadi. Sankt-Peterburgdagi uchrashuvda 67-daqiqada zaxiraga olindi.

Bu holat “endi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Marko Nikolichga kerak emasmi?”, degan savollarni tug‘diryapti.

Fayzullaevning yangi vazifasi

TsSKAning serbiyalik bosh murabbiyi Nikolich o‘zi va’da berganidek, jamoaning o‘yin sxemasini o‘zgartirdi. Endi jamoa yorqin qanot hujumchilariga tayanmaydi. Fayzullaev esa, aynan mana shu pozitsiyalardagi samarali o‘yinlari bilan nom qozongan. O‘zbekiston terma jamoasida ham u har ikki qanotni yopardi. Abbosbek qanotdan hujum boshlab, markazga ko‘chib o‘tishni yoqtiradi.

Endi TsSKAda o‘zi ko‘nikkan o‘yin uslubidan voz kechishi kerak. Nikolich o‘zbek legionerini 8-raqam pozitsiyasida ko‘ryapti. Bu hududda kurash qanotlarga nisbatan ancha jadal kechadi. Ko‘proq boshqotirish va ijodkorlik qobiliyatini ishga solish talab etiladi.

Abbos avval ham 8-raqam pozitsiyasida o‘zini ko‘rsata olmagan va uni yana qanotlarga qaytarishgan.

Qishki yig‘inlar davomida Fayzullaev yangi ampluada o‘zini noqulay his qildi. Qat’iy talablarga moslashish uchun o‘zbek futbolchisida ortiqcha vaqt yo‘q. Qolaversa, u birinchi yig‘inning katta qismini belidagi jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.

Vaziyat chatoqmi?

Qishki yig‘inlar doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Fayzullaev yaxshi o‘ynay olmadi. Ko‘p vaziyatlarni barbod qildi. Himoyalanishda ham zo‘r o‘ynay olgani yo‘q. Yangi joylashuv bo‘yicha Abbos nafaqat raqib jarima maydonchasi yaqinida, balki o‘z jamoasi himoya chizig‘ida ham anchagina ter to‘kishi lozim.

Yig‘in davomida Fayzullaev “Fakel”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinini yuqori darajada o‘tkazganini aytish lozim. O‘sha bahsda u golli hujum boshladi, bir pas  bilan varonejliklarning himoya chizig‘ini kesib qo‘ydi.

Keyin Sankt-Peterburgda ilk daqiqalardan maydonga tushdi. Fayzullaev bu uchrashuvni barbod qildi, deyolmaymiz, lekin o‘zining eng yaxshi xislatlarini ham ko‘rsatgani yo‘q. Piterliklarning birinchi hujumidayoq markazda xato qildi va raqib o‘yinchisini erkin hududga o‘tkazib yubordi. Goldan Igor Akinfeev qutqardi.

Hujumda Mantuanni enga olmadi. Braziliyalik himoyachi o‘zbek futbolchisini to‘psiz qoldirdi. Abbos o‘nta yakkakurashdan faqat bittasida g‘olib chiqdi. Zarbasi noaniq ketdi. Jamoadoshlariga faol yordam bera olmadi. Raqib jarima maydonchasi atrofida uchta pas berdi, lekin biror marotaba jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga chiqara olgani yo‘q.  O‘n ikki marta to‘p yo‘qotdi. Oqibatda Marko Nikolich uni 67-daqiqada zaxiraga oldi.

“Ximki” bilan Abbos 29 daqiqa o‘ynadi. O‘yinga yaxshi kirishdi. Maydon markazidan golga tortadigan hujum boshadi. O‘zi ham gol uradigan pozitsiyaga chiqdi. “Zenit” bilan bo‘lgan uchrashuvga nisbatan bu gal ancha faol harakat qildi. Lekin bu baribir hamma ko‘rib ko‘nikkan Fayzullaev emas edi. Ilgari u hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham, raqibni aldab o‘tardi. Ana shu dadillik qani endi?

Samarada “Akron”ga qarshi bahsda Fayzullaev 77-daqiqada maydonga tushdi va darvozadan yuqori ketgan birgina zarba bilan ko‘zga tashladi. Ha, bu gal yakkakurashlarda faollashdi, to‘rttasidan uchtasini o‘z foydasiga hal qildi. To‘rt marta to‘pni olib qo‘ydi. Lekin hujumdagi ishlari ortga ketyapti.

Abbosbek uchrashuvga ta’sir o‘tkazmay qo‘ydi. Nikolichning yangi sxemasida etakchilik vazifasidan ayrirdi. Natijani boshqa o‘yinchilar ta’minlayapti.

Raqobat kuchaydi

Qishki o‘quv-mashg‘ulotlaridan keyin boshlang‘ich tarkibga kirish uchun raqobat kuchaydi. Ayniqsa, maydon markazida. 8-raqam pozitsiyaga uchta da’vogar – Abbosbek Fayzullaev, Matvey Kislyak va Kristiyan Bistrovich bor. Abbosga bu futbolchilar bilan raqobatlashish ancha qiyin. Chunki o‘zbek legioneri ilgari maydon markazida o‘ynamagan, Kislyak va Bistrovich esa, avvaldan tayanch zona o‘yinchilari hisoblanadi. Agar Sasha Zdelar jamoani tark etmaganida Abbosning ishlari yanada qiyinlashardi.

Bistrovich yakkakurashlarda Fayzullaevdan kuchli. Oxirgi ikki uchrashuvda xorvatiyalik futbolchi etti marta kurashga kirishib, faqat ikkitasini raqibga boy berdi. Himoyada Abbosdan ancha yaxshi o‘ynaydi. Hujum chizig‘iga o‘zbek futbolchisidan to‘rtta ko‘p pas berdi. Darvoza tomon yo‘llagan zarbalari soni ham ko‘p.

Kislyakni ta’riflash shart emas. U bir necha pozitsiyada samarali o‘ynay olishini ko‘rsatib kelmoqda.

Shunday ekan, Fayzullaevning TsSKAdagi ahvoliga havas qilish qiyin.

Oxiri nima bo‘ladi?

Qishda Abbosbek Evropada o‘ynash orzusi borligini aytgandi. Misol tariqasida Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tganini aytgan edi. Shu bois, o‘zbek futbolchisi zaxira o‘yinchisiga aylanishga umuman ko‘nmaydi. Har imkoniyatini ishga solishga harakat qilishi aniq.

Fayzullaev ko‘p qirrali futbolchi va TsSKAning asosiy aktivlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Moskvaga 500 ming evro evaziga kelgan futbolchining transfer narxi 8 million evroga ko‘tarilgan. Uning zaxirada qolishi Marko Nikolichga jiddiy savollarni tug‘diradi. TsSKAga asosiy yulduzlaridan birini zaxiraga olish hech qanday foyda keltirmaydi.

Nahot, Fayzullaevning ketish vaqti kelgan bo‘lsa? Bir yil muqaddam “Bavariya” nazariga tushgan futbolchini endi TsSKAning zaxira o‘rindig‘i kutyapti. Haqiqatan, Fayzullaev Rossiyadan “qochishi” kerakmi?

 

Toshkentda shug‘ullanayotgan Shomurodovga Rimdan kutilmagan xabar!

Premer-liga antirekordchisi Husanovga qanday baho berdi?

Legionerimiz – “Real”ga gol urib ham ishsiz qolish mumkin...

Husanovga yaxshi yangiliklar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
19/03/2025 15:34
Ketish kerak bu murabbiy gnida ekan. Bavariyaga bo‘lmasa ham Turkiya jamoalari yoki Ispaniya jamoalariga taklif qilish kerak agentlar ishlashi kerak
Negmat Negmatov
19/03/2025 14:08
Кетиши керак ,бу Николичдан умид йук, Узбекистон сайтлари, блогерлар агентлар Реклама килиш керак
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
19/03/2025 11:49
Ha Yozgacha formani ushlab turish kerak keyin ketish kerak top 5 chempionati o‘rtamiyona klubiga bo‘lsa ham
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
21/03/2025 12:11
Ketsin