Toshkentda shug‘ullanayotgan Shomurodovga Rimdan kutilmagan xabar!

  • 19 mart, 14:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov Evropaning “top-5” chempionatlari qatoriga kiruvchi A Seriyadagi faoliyatini 2020 yilning oktyabrida boshlagan edi.

Tecno

Shundan beri Eldor Italiyaning “Jenoa”, “Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma” klublarida barcha musobaqalarda 148 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qildi, jamoadoshlariga 16 ta golli pas uzatdi.

Shomurodov Italiyada bir necha murabbiylar qo‘l ostida to‘p surishiga to‘g‘ri keldi. Ular orasida o‘zbek legioneri bilan eng samarali ishlashgan, hamyurtimizga eng ko‘p ishonch bildirgan, har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan mutaxassis Klaudio Raneri bo‘ldi.

73 yoshli italiyalik murabbiy o‘tgan yili Eldor Shomurodov bilan birga “Kalyari”ni yuqori divizionda olib qoldi. O‘zbek hujumchisining sardiniyaliklar safida samaradorligi baland bo‘lmagan esa-da, u mavsumning eng murakkab pallasida eng muhim uchrashuvlarda gol urib, assist qayd etish orqali jamoaga qimmatli ochkolarni keltirdi.

O‘sha mavsumdan keyin murabbiylik faoliyatini yakunlagan Klaudio Raneri joriy mavsumning birinchi yarmida inqirozga yuz  tutgan “Roma”ni qutqarish uchun yana ish faoliyatiga qaytdi. aslida Raneri qariyb bir yil oldin faqatgina o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan “Roma”dan qo‘ng‘iroq bo‘lsagina pensiyadan ishga qaytishini aytgandi. Amalda shunday bo‘ldi.

14 noyabr kuni “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin Klaudio Raneri jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Uning qo‘l sotida jamoa barcha turnirlarda 16 ta g‘alaba, beshta durang va oltita mag‘lubiyat qayd etdi. “Roma” Raneri kelguncha xavfli zonaga yaqinlashib qolgan edi. Ayni paytda jamoa Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarga da’vogarlik qilmoqda.

Biz uchun muhim jihati, Raneri shu yilning yanvar oyida jamoadan ketishga tayyor turgan Shomurodovni “Roma”da olib qoldi. Qisqa fursatda 29 yoshli legionerimiz “Roma”dagi asosiy figuralardan biriga aylandi.

72 yoshli mutaxassis kuni kecha “Tommazo Maestrelli” sovrini bilan taqdirlandi. Bu sovrin nafaqat maydondagi yuqori darajali ishlari, balki insoniylik qadriyatlarini namoyish eta olgan eng zo‘r murabbiylarga beriladi.

Eldor Shomurodov “Roma”gi bir necha mahoratli o‘yinchilar qatori o‘z mamlakati sharafini xalqaro maydonda himoya qilish uchun terma jamoa ixtiyoriga etib kelgan pallada, Klaudio Raneri faoliyatiga oid muhim xabarni e’lon qildi.   

Raneri nufuzli sovringa ega chiqqani, “Roma”ni yuqori saviyaga ko‘targaniga qaramay, faoliyatini yakunlab, pensiyaga qaytadigan bo‘ldi.

- “Roma”ning keyingi paytdagi natijalaridan hayratga tushganim yo‘q, chunki men o‘z ishimga va o‘yinchilarimga ijobiy tomondan yondashadigan odamman. Kelganimda tarkib kuchli ekaniga qaramay, o‘yinchilar o‘ziga ishonchni yo‘qotib bo‘lgandi.

Men shunchaki, ularni bir maqsad sari birlashtirishga, ishonchlarini uyg‘otishga, o‘zlari munosib bo‘lgan narsalarni berishga urindim xolos. Ular birlashib, bir necha oy muqaddam orzu qilib bo‘lmagan juda ko‘p narsalarga erishdi.

Endi eng ajoyib va ayni paytda juda murakkab jarayon keldi. Jamoa etakchisi Paulo Dibala safdan chiqdi. Endi jamoa yanada kuchliroq birlashib, chempion yo‘qligini bildirmasligi talab etiladi.

Qo‘lga kiritilgan sovrin va “Roma” erishayotgan natijalar qarorimni o‘zgartira olmaydi, men  ikki oydan keyin jamoa bosh murabbiyligidan ketaman.

O‘yinchilar meni qo‘msaydimi? Yo‘q, ular o‘zlarini yanada baxtiyor his qiladi, - dedi Klaudio Raneri.

Ta’kidlash lozimki, “Roma” rahbariyati Klaudio Ranerini ishga taklif qilgan pallada tomonlar 73 yoshli mutaxassis mavsum oxirigacha bosh murabbiylik qilishiga, keyin esa, klub prezidentining sport masalalari bo‘yicha maslahtchi lavozimida klubga yordam berishiga kelishib olingan edi.

Kutilmagan xulosa: Fayzullaev Rossiyadan “surishi” kerak!

Premer-liga antirekordchisi Husanovga qanday baho berdi?

Legionerimiz – “Real”ga gol urib ham ishsiz qolish mumkin...

Husanovga yaxshi yangiliklar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
19/03/2025 16:36
бир сарлавха ёзасизларники одамни юраги ..... . ,Яна устига - устак гапни через воха айлантириб ёзасизлар, шуни бирдан Раньери дода ёки Клаудио тога мавсум тугагач пенсия га чикади, Элдор об борган "'носвой"'ни отиб ,кексалик гаштини суриб юраркан деб ёзса булмайдими
&
Азизжон
19/03/2025 19:13
Бор экрану йук экан
Кахрамон Санаев
19/03/2025 18:18
Кундуз бобонинг эртаклари..
&
Азизбек Хозиров
19/03/2025 17:18
Тугриси укигани сабрим чидамади коментдан нималигини билиб куйдим
&
Abror1987
19/03/2025 17:10
Latta chaynarlar eski gaplar