
Legionerimiz – “Real”ga gol urib ham ishsiz qolish mumkin...
Zamonaviy futbolda o‘ziga munosib jamoa topish oson emas. Bir klubdan qo‘nim topish bir necha tomonlar manfaatlari ustiga quriladigan murakkab jarayon hisoblanadi.
Futbolchining mashhurligi, zo‘rligi, iste’dodi, yoshi, mahorati ham ba’zan yangi jamoadan o‘rin olish uchun unga yordam bermasligi mumkin. Jahon futbolida bo‘lgani kabi ayrim o‘zbek futbolchilari ham jamoamiz yurgan holatlar uchraydi.
Futbolga ixtisoslashgan “Aziya-sport” telegramm kanali Transfermarkt portali ma’lumotlari asosida jamoasiz qolayotgan eng qimmat o‘zbek futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ular bilan tanishing:
Jasur Yaxshiboev (oxirgi jamoasi “Ordabasi”) – transfer summasi 700 ming evro.
Farrux Ikromov (“Surxon”) – 200 ming evro.
Jahongir Abdumo‘minov (“Xanoy”) – 175 ming evro.
Nodirbek Mukarov (“Sho‘rtan”) – 125 ming evro.
Sardor Rashidov (“Navbahor”) – 100 ming evro.
Muhammadbobur Muydinov (“Olimpik”) – 100 ming evro.
Anvar Alijonov (“Olimpik”) – 100 ming evro.
Sheroz Jalolov (“Sho‘rtan”) – 100 ming evro.
Jasur O‘rinov (“Sho‘rtan”) – 100 ming evro.
Ta’kidlash joizki, bu futbolchilar orasida eng mashhurlari Jasurbek Yaxshiboev va Sardor Rashidov hisoblanadi.
Bir paytlar Evropa Chempionlar ligasida “Santyago Bernabeu”da “Real” darvozasiga gol urgan Jasurbek Yaxshiboev aynan futbol o‘ynaydigan 27 yoshda. Universal hujumchi “Ordabasi” bilan hamkorlik yakunlaganidan keyin bir necha klublar bilan muzokara olib borgani haqida ma’lumotlar chiqarildi.
Biroq amalda Belarus, Polsha va Moldova chempioni bo‘lgan tajribali to‘purar hali o‘ziga munosib jamoa topa olgani yo‘q. Demak, "Real"ga gol urgan o‘yinchi ham ishsiz qolishi mumkin ekan. Achinarlisi, Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan hisoblanadi.
“Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari safida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Sardor Rashidov 33 yoshida o‘ziga jamoa qidirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Hujumkor futbolchining tajribasiga shubha bo‘lishi mumkin emas.
Sardor yurtimizda “Paxakor” sharafini ham himoya qilgan, bundan tashqari, Qatarning “Al-Jaish”, “Qatar SK”, “Umm Salal”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Jazira”, Portugaliyaning “Nasonal” kabi jamoalari safida maydonga tushgan.
Ta’kidlash joizki, ayrim mamlakatlar ligalarida hali transfer oynasi yopilganicha yo‘q. Balki tez orada bu futbolchilarimiz faoliyatida ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lar. Demak, kuzatishda davom etamiz...
Fikrlar