La Liga. "Barselona" o‘z maydonida "Atletik"ni taslim qildi

  • 23.10.2023 01:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 10-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletik" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi yagona golni 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Mark Giu urdi. Felishning pasinidan keyin vinger Unai Simon darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. Ernesto Vlverde shogirdlari esa 6-pog‘onaga tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!