
La Liga. "Barselona" safardan yirik g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi, Levandovskidan dubl
La Liga 2-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda kataloniyaliklar yirik 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, ilk daqiqadayoq Levandovski hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Isak bellashuvda muvozanatni tikladi. 66-daqiqada Dembele yana "ko‘k-anorranglilar"ni oldinga olib chiqdi. 2 daqiqadan so‘ng Robert dublni rasmiylashtirdi. 76-daqiqada Fati hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, zaxiradan maydonga tushgan Ansu Fati ikkita assist amalga oshirdi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari yangi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar