La Liga klubi “Manchester Siti”ni fitnada aybladi

  • 24 yanvar, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya chempionati ishtirokchisi “Valyadolid” Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti”ni ayblagan holda bayonot chiqardi.

Gap shundaki, “Valyadolid” himoyachisi Juma Ba va uning agenti klubni amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilish haqida ogohlantirgan. Serra-leonelik himoyachi jamoa mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ydi.

Avvalroq, “Valyadolid” rahbariyati “Manchester Siti”dan Juma Ba bilan muzokara olib borishga ruxsat so‘ragan edi.

- “Valyadolid” o‘yinchining qarori ortida City Football Group korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi “Manchester Siti” turibdi, deb taxmin qilmoqda. Vaziyatga qaralsa, aynan ular futbolchiga amaldagi shartnomani bekor qilish yo‘lidan borishni maslahat bergani oydinlanadi. Bu holat yaqinda ularga rad javobini bergan klubimizni echimi yo‘q vaziyatga solib qo‘yadi, - deyiladi klub bayonotida.

“Valyadolid” mutsaddilarining iddao qilishicha, Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi Juma Ba shartnomani bir tomonlama bekor qilayotgani uchun tegishli badal summasini to‘lab bo‘lgan.

Endi “Valyadolid” bu masala bo‘yicha sudga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!