La Liga prezidenti: "Real" haq edi

  • 16.12.2021 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

La Liga prezidenti Xaver Tebas Chempionlar ligasi 1/8 finali qura natijalari haqida gapirdi.

"Bu dahshatli bo‘ldi, bilmayman, bu qanday xato - texnikmi yoki inson omili. Balki "Real" haq edi va hamma qur’ani qaytadan o‘tkazish shart emas edi. Lekin bu shaxsiy fikr.

Biz qiziqarli o‘yinlarni xohlamaymizmi? Bu “Benfika” bilan o‘yindan ko‘ra qiziqroq.

Agar ishlar shu tarzda davom etsa, "Real" Chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun favoritlardan biri hisoblanadi. Jamoa mavsum boshidagidan ancha yaxshi o‘ynamoqda”, - dedi Tebas.

Eslatib o‘tamiz, EChLning dastlabki qur’asiga ko‘ra, “Real” “Benfika” bilan o‘ynashi kerak edi, ammo texnik xatolik tufayli UEFA qur’a natijalarini bekor qildi va yangitan qur’a o‘tkazishdi. Natijada Karlo Anchelotti jamoasiga PSJ raqib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!