La Liga. “Real” Madrid derbisida “Atletiko”dan ustun keldi
La Liganing 29-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Atletiko” jamoalari o‘rtasidagi Madrid derbisi yakunlandi.
Bu turda “qirollik klubi” o‘z uyida “matraschilar”ni qabul qilib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab uchrashuvning 33-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Lukman hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, 52-daqiqada “qaymoqranglilar” yetakchisi Vinisius penalti dan gol kiritib muvozanatni tikladi. Oradan 3-daqiqa vaqt o‘tib, Valverde “qirollik klubi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bahsning 66-daqiqasida Molina “matraschilar”ning ikkinchi gollini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Vinisius 72-daqiqada dubly rasmiylashtirib “Real”ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Bu g‘alabadan so‘ng Arbeloa shogirdlari ochkolar sonini 69 taga yetkazib oldi. Ayni vaqtda madriddliklar turnir jadvalida 2-pog‘onani egalab turibdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Madrid
- Federico Valverde 55'
- Vinicius Junior 72'
- Vinicius Junior 52'
23.03.2026 01:00
Atletiko Madrid
- Nahuel Molina 66'
- Ademola Lookman 33'
Fikrlar