La Liga. "Real" Modrichning goli evaziga "Sevilya"ni taslim qildi
La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Real" - "Sevilya" bahsida madridliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona golni zaxiradan maydonga tushgan Modrich urdi. Yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Real" 65 ochko bilan birinchi o‘rinda ketmoqda. "Sevilya" esa 15-pog‘onada qoldi.
"Real" 1:0 "Sevilya"
Fikrlar