La Liga. "Real" "Sevilya" maydonida ochko yo‘qotdi

  • 21.10.2023 23:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Real" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

74-daqiqada Alaba o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 78-daqiqada Karvaxal uchrashuvda muvozanatni tikladi. 

Ochkolari sonini 25 taga etkazib olgan "qirollik klubi" La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettiryapti. 9 ochkosi bor andalusiyaliklar 13-pog‘onani band etgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!