La Liga. "Real" "Valensiya"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi

  • 03.02.2023 03:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Real" - "Valensiya" bahsi o‘z nihoyasiga etdi. "Qaymoqranglilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, "Barselona"ga yaqinlashib oldi. 

52-daqiqada Asensio gol urib, hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas Vinisius ham tabloga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Real" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida "Barsa" bilan farqni 5 ochkoga etkazib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!