La Liga restarti arafasida "Real" futbolchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 8 iyun, 2020, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi himoyachisi Nacho jamoa mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi o‘ng oyoq son mushaklaridan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani noma’lum. Lekin, u La Liga restartidan keyingi ilk turni o‘tkazib yuboradi.

“Real” karantindan keyingi ilk bahsini 14 iyun kuni o‘z maydonida “Eybar”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!