La Liga va Bundesliga grandlari APLning eng zo‘r vingerini xarid qilmoqchi
"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Uilfrid Zaa yozda klubini almashtirishi mumkin.
27 yoshli futbolchi xizmatlariga "Bavariya", "Atletiko" va "Everton" klublari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, "Nyukasl" yozda yangi investor qo‘li ostiga o‘tsa, angliyalik futbolchini APLda olib qolishga urinib ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozida "Arsenal" Zaa transferi bo‘yicha taklif bilan chiqqan, biroq "Kristal Pelas" vinger uchun 80 million evro talab qilgan edi.
Fikrlar