La Liga. “Valensiya” ishonchli hisobda g‘alaba qozondi va “Real”dan o‘zib ketdi
Bugun Ispaniya La ligasida 29-tur o‘yinlari davom ettirildi. “Valensiya” bu tur o‘z maydonida “Alaves”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alaba evaziga “Valensiya”ning ochkolari soni 59 taga etdi va “ko‘rshapalaklar” vaqtinchalik bo‘lsada, “Real”ni ortda qoldirib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Ispaniya La Ligasi. 29-tur
Valensiya – Alaves 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 19 Rodrigo, 2:0 – 33 Dzadza, 2:1 – 49 Sobrino, 3:1 – 54, avtogol Laguardia.
Valensiya – Neto, Garay (Murilo, 46), Gayya, Montoyya, Gabriel, Soler, Parexo (Maksimovich, 84), Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Rodrigo (Vetto, 72), Dzadza.
Alaves – Pacheko, Eli, Duarte, Agirregabiria, Laguardia, Manu Garsiya, Pina, Pedrasa (Ibai Gomes, 60), Peres, Sobrino (Burgi, 72), Munir (Gvidetti, 60).
Ogohlantirishlar: Kondogbia (45), Pina (56).



Fikrlar