
La Ligada "Barsa" yoki "Real" etakchi emas
"Real" "Granada" (2:0) klubini mag‘lub etganiga qaramay, "Atletiko" La Ligadagi etakchiligini saqlab qoldi.
Diego Simeone shogirdlari La Liganing 13 ta bahsidan so‘ng, 32 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid klubi 25 yil deganda, "yangi yil" arafasida birinchi pog‘onadan joy oldi.
2006 yilda "rojdestvo" bayramida "Sevilya" turnir jadvalining eng yuqorisidan o‘rin olgan va 14 yildan buyon, "Real" yoki "Barselona" klublari ushbu bayramda etakchilik qilmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar